Topografiya, kartografiya va GAT fanini o‘qitish tizimi zamonaviy texnologiyalar asosida shakllantirilgan bo‘lib,
talabalarga amaliy ko‘nikmalarni berish uchun raqamli xaritalar va GAT dasturlari qo‘llanilgan, hamda
fan yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy ta’lim, laboratoriya mashg‘ulotlari va interaktiv uslublar joriy etilgan.

Topografiya, kartografiya va GAT fanlaridan ma’ruza mashg`ulotlari

Topografiya, kartografiya va GAT fanlaridan amaliy mashg`ulotlar

Topografiya, kartografiya va GAT fanlaridan laboratoriya mashg`ulotlari

Topografiya, kartografiya va GAT fanlaridan video dars mashg`ulotlari

Topografiya, kartografiya va GAT fanlaridan mataqil ta’lim mashg`ulotlari

Topografiya, kartografiya va GAT fanlarini o‘qitishni o‘quv jarayonida ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etishda talabalarni mustaqil izlanishlarini uchun nazariy ma’lumotlar, mavzulashgan videolar, interaktiv dars materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu nazariy mashg‘ulotlar davomida talabalarni analitik fikrlash, muhokama qilish, muammolar yechish va boshqa nazariy bilimlarni amaliy jihatdan rivojlantirishga yordam beradi.
Amaliy mashg‘ulot – nazariy mashg’ulot bilimlarga tayangan holda amaliy topshiriqlar ustida ishlash, topshiriqlarni taqdim etish usullari ishlab chiqilgan.
Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil qilinadi.


Laboratoriya mashg‘uloti davomida talabalar kartografik ma’lumotlar yaratish hamda turli formatda taqdim etish usullarini o‘rganish. Laboratoriya mashg‘ulotlari mustaqil ta’limning asosiy qismini tashkil etadi. Bu, talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotga o‘tkazish, o‘zlashtirish va ularning o‘rganish ko‘nikmalari va mahoratlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi.